Maʼlum boʼlishicha, joriy yilning 16-17-dekabr kunlari A-373 “Toshkent-Oʼsh” avtomobil yoʼlinimg "Qamchiq" dovoni qismida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining dovon hududida tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʼyicha harakatlariga bagʼishlangan qoʼmondonlik-shtab oʼquv mashqlari oʼtkaziladi.
Mazkur oʼquv mashqlarini tashkil qilishdan maqsad – FVDT rahbarlar tarkibi kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda toʼgʼri harakatlanishga oid tayyorgarlik darajasini oshirish, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʼyicha tadbirlarning samaradorligini oshirishdan iborat.
"Fuqarolarimizdan mazkur oʼquv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni notoʼgʼri talqin qilmaslik, balki mavjud maʼlumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni soʼrab qolamiz", deyiladi vazirlik Matbuot xizmati xabarida.