“Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʼin-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispecheriga kelib tushgan maʼlumotga koʼra, “Qamchiq” dovonidan oʼtgan А-373 “Toshkent — Oʼsh” avtomobilь yoʼlining 242 km shimoliy aylanma yoʼlida ob-havoning keskin oʼzgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi xaqida maʼlumot kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar chiqishib, togʼda qolib ketgan 14 nafar fuqarolar hamda ularning transport vositalarini pastga olib tushish hamda evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Qutqaruvchilar tomonidan soat 20:10 da barcha fuqarolarni sogʼ-omon pastga olib tushildi. Shuningdek, ularni manzillariga yuborishda amaliy yordam koʼrsatildi.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.