Qayd etilishicha, "Qamchiq" dovonida maxsus oʻquv mashgʻulotlari yakunlanib, transportlarning harakati qayta tiklandi.
Mashgʻulotlar davomida IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati "Qamchiq" dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlandi.
Blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollaridan aholi orasida asossiz sarosima keltirmaslik, oʻquv mashqlari davomidagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni notoʻgʻri talqin qilmaslik hamda rasmiy axborot manbalaridan oqilona va unumli foydalanishni soʻraymiz, — deyiladi xabarda.








