"Qamchiq” dovonida tuproq koʼchkisi sodir boʼldi

    Kecha, 6 mart kuni soat 20:17da А-373 avtomobil yoʼlining “Vodiy-Toshkent” yoʼnalishi 222,1 kilometrida 70 m³  tuproq-loy koʼchkisi hodisasi sodir boʼlib, yoʼlning 2- va 3- tasmasiga qisman tushishi kuzatilgan.

    Bu haqda FVV xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʼin-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borgan.

    “Qamchiqavtoyoʼl” IYFUK xodimlari bilan hamkorlikda yoʼlini tuproq-loy massasidan tozalash ishlari amalga oshirdi va transport vositalarining xavfsiz harakati taʼminlangan.