Maʼlum qilinishicha, avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotgan. Shundan soʻng amaliy yordam soʻrab “Qamchiq” maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar beradi.

Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomashinani xandaqdan chiqarib olishgan.

Maʼlum boʻlishicha, avtomobilda haydovchi va 3 nafar yoʻlovchi boʻlgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.