Kuni kecha dovonda qor yogʻishi munosabat bilan yoʻllarda xavfsiz harakatni taʼminlash choralari koʻrilmoqda, deyiladi FVV maʼlumotida.
Shuningdek, FVV qutqaruvchilari nazorat tadbirlari olib borib, yoʻlda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam koʻrsatmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini soʻradi.