“Qamchiq” dovonida yuk mashinasida yongʻin chiqdi

    Voqea-hodisalar 4 Fevral 2023 767

    Avtomashina yuk xonasida boʻlgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yongʻindan saqlab qolingan.

    Bugun, 4-fevral kuni soat 1:53 da A-373 avtomobil yoʻlining 227 kilometrida “Toshkent - Vodiy” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Mersedes-Benz” rusumli yuk mashinasida yongʻin yuzaga kelganligi toʻgʻrisida “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan.

    Zudlik bilan voqea joyiga Boshqarma boshligʻi H.Bobonov boshchiligida yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yongʻin soat 2:28 da toʻliq bartaraf etilgan. Avtomashina yuk xonasida boʻlgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yongʻindan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgannlar yoʻq.