Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida mashina agʻdarilib, uning yuk tashuvchi konteyneri yoʻlning harakat qismiga qulagan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasining kuch va vositalari yetib kelib, avariya oqibatlari bir necha daqiqalar ichida bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq.