Oʻzbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga zamonaviy rusumdagi masofadan turib boshqariladigan maxsus qidiruv, avariya-qutqaruv mashinalarini ishlab chiqaruvchi “BROOK” kompaniyasining “BROOK 170” rusumli roboti topshirildi.
“BROOK” robototexnikasi dunyoning koʻplab mamlakatlarida qutqaruvchilar tomonidan osonlikcha ishlatiladi. Ushbu texnika xavfli materiallar bilan ish olib boriladigan qurilish, metallurgiya, sement, atom va kimyo sanoatida ham keng qoʻllaniladi.