"Qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda oʻqituvchining bilim va mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli taʼlimni taʼminlay olmaymiz”, — Prezident

    Bugungi kunda davlat taʼlim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5-yil davomida malaka oshirmagani afsus bilan qayd etildi.

    “Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda oʻqituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli taʼlimni taʼminlay olmaymiz”, — dedi Prezident.

    Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof boʻlishi uchun sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar qoʻllandi. Natijada 198 ming oʻqituvchidan 21 ming nafari malaka boʻyicha yetarli ball toʻplay olmadi.

    Bu barchamizni tashvishga solishi kerak boʻlgan holat ekani koʻrsatib oʻtildi.