5-avgust kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida “koʻp bolali oila” tushunchasiga aniq mezonlar belgilanmagani davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan turlicha foydalanish holatlariga sabab boʻlmoqda. Bu esa oʻz navbatida amaliyotda huquq normalarini qoʻllashda ijtimoiy adolat prinsiplarining buzilishiga olib kelayotgani muhokama qilindi.

Hozirda “koʻp bolali oila” tushunchasi 21 ta qonun hujjatida, 5ta qonunda qoʻllanilib, ularda bu tushunchalarga turli talqinlar berilgan.

Endilikda mazkur qonun bilan Oila kodeksiga “koʻp bolali oila” tushunchasi va uning huquqiy maqomini belgilovchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Unga koʻra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi.

Izohlanishicha, mazkur qonun davlat himoyasiga muhtoj koʻp bolali oilalarga ijtimoiy adolat prinsipi asosida imtiyozlar berilishiga, jumladan, turar-joy, yer ajratish, soliq toʻlovlari va boshqa bir qator imtiyozlardan keng foydalanishga huquqiy asos yaratadi.