— Plastik jarrohlik operatsiyalari ikki yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilmoqda. Bular:

Plastik rekonstruktiv jarrohlik tugʻma nuqsonlar, tanadagi turli xil anomaliyalar, orttirilgan jarohatlar, teri kuyishlaridan keyingi oʻzgarishlarni bartaraf etish maqsadida bajariladigan amaliyot hisoblanadi. Bunda muayyan bir aʼzo faoliyatini qayta tiklash usuli tatbiq qilinib, tanadagi oʻzgarishlar xirurgik yoʻl bilan asl holiga qaytariladi.

Plastik estetik jarrohlik yoki muolajalar inson organizmi, xususan, teri qatlamlarida yoshga doir oʻzgarishlarni bartaraf etish, yaʼni qarish jarayonining tashqi koʻrinishda aks etishining oldini olishda qoʻllanadi.

Har qanday natija tanlangan amaliyot turiga bogʻliq. Masalan, tugʻuruqdan keyingi qorin mushaklari shakli oʻzgarishini olaylik. Ushbu amaliyot boshqa tugʻmaslikka qaror qilgan ayollarda bajarilib, muolajadan soʻng qorin mushaklari shakli tugʻuruqdan avvalgi holatga qaytishiga erishiladi. Tabiiyki, bu bir umr shunday saqlanib qoladi. 

Yuz terisida oʻtkaziladigan estetik plastika ham shunday. Garchi organizmda yoshga doir oʻzgarishlar kechishi teri qavatida aks etsa-da, ular nisbatan kamroq boʻladi yoki qarish jarayoni sekinlashishiga erishiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi 
matbuot xizmati.