Keyingi paytda qandli diabet bilan kasallanganlar soni tobora ortib borayotgani xavotirli. Sharqiy Finlyandiya universiteti olimlari 2 tip qandli diabet erkaklarda koʻproq uchrashini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi.
Ular erkaklarda 2 tip diabet koʻp uchrashini xaqiqiy sababini aniqlash uchun tadqiqot oʻtkazishdi.
Tadqiqot natijalaridan olingan statistik maʼlumotlarga koʻra, 2 tip qandli diabet erkaklarda 61% koʻproq uchraydi. Ular aniqlagan sababga qaraganda, bu koʻrsatkich yana 46% ga oshish ehtimoli bor. Ularning taʼkidlashicha, 2040-yil 2 tip qandli diabet bilan xastalanganlar soni 642 millionga yetishi mumkin.
Asosiy sabab qondagi temir miqdorining koʻpligi ekan.
Temir organizmda gemoglobin hosil boʻlishi uchun, peroksidaza fermentlari va sitoxrom faoliyati uchun juda muhim xisoblanadi.
Shuningdek, olimlar tadqiqot davomida meʼyoridan yuqori miqdordagi temir oshqozon osti bezidagi beta-hujayralarning insulin ishlab chiqarishini buzishini ham aniqlashdi.