Gap shundaki, Makkeli boshliq hakamlar brigadasi “JCH-2022” saralashi doirasida Serbiya – Portugaliya (2:2) bahsini boshqargan. Oʻyinning 90+3-daqiqada mehmonlar sardori Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan gol hisobga olinmagan.
Oʻrganishlar natijasida bu xatoda qanot hakam Mario Diks aybdor deb topildi. Chunki bosh hakamga aynan Mario toʻp chiziqni kesib oʻtmaganligini aytgan. Shu bois u “Yevro-2020”da faoliyat koʻrsatmaydigan boʻldi.
“Brigadamizda Diksning oʻrnini Yan de Vris egallaydi. Bu haqda iloji boricha kamroq gapirishni afzal koʻrardim. Mario bilan koʻp yillar davomida ishladim, shuning uchun bu qiyin qaror ekanligini tushunasiz deb oʻylayman”, – dedi Makkeli.