Shu munosabat bilan Qarqarali tumanida bir oy muddatga cheklovlar joriy etildi.
Tuman hokimligi quturish kasalligi sababli oylik cheklovlar joriy etilishini ma'lum qildi. 21-dekabr kuni Qarqaralida uch ayolga hujum qilgan bo'rida halokatli kasallik aniqlandi, deb xabar beradi zakon.kz.
“27-dekabrdan boshlab shaharda cheklov choralari joriy etilmoqda. Go'sht va sut mahsulotlarini sotish, mushuk va itlar ko'rgazmalari o'tkazish, hayvonlarni aholi punktlaridan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi. Shuningdek, chorva va uy hayvonlari quturish kasalligiga qarshi emlanadi”, deyiladi xabarda.