Sohibqiron Amir Temur hijriy 793 yilda (milodiy 1391) To'xtamishxonga qarshi yurish qiladi.

O'sha yurish chog'ida O'tror atrofida uyg'ur yozuvida bir toshbitik yodgorlik qoldiriladi. 

Mazkur bitik 1935 yilda Qozog'istonning Ulug'tog' o'lkasi Qarasakpay mis koni atrofidan topilgan. Shu sababli fanga ham "Qarasakbay toshbitigi" nomi bilan kirgan.

Hozirda u Sankt Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.