“Karamning barcha turida flavonoidlar va sulforafan moddasi mavjud. Ular qarish jarayonini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, sulforafan organizmda yallig'lanish jarayonini kamaytiradi hamda onkologik kasalliklar rivojlanishidan himoyalaydi”, deydi  mutaxassis.

Bu borada yana bir foydali mahsulot olma. U bu jihatdan qimmat turadigan mevalardan qolishmaydi. Olma qonda mikrosirkulyatsiyani va moddalar almashinuvini yaxshilaydigan kvarsetin — tabiiy biokimyoviy moddaga boy.  

“Uchinchi mahsulot — petrushka. O'simlik foliy kislotasiga ega. U hujayralarni yangilanishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu esa qarish jarayonlarini sekinlashtirishda muhim ahamiyatga ega”, deydi shifokor.

Petrushka tarkibida K vitamini ham mavjud. Bu qon-tomir devorlariga kaltsiyning yig'ilib qolishiga to'sqinlik qilib, ateroskleroz yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaydi, deyiladi iz.ru saytida.