Qayd etilishicha, Respublika boʻyicha oʻtkazilayotgan “Qoradori – 2025” keng koʻlamli tadbiri doirasida Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Bekobod shahar IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir amalga oshirildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahrida yashovchi, 1990-y.t. shaxs qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan, qariyb 1 kg boʻlgan “gashish“ giyohvandlik moddasini shaharning Navroʻz mahallasi hududida yashirib qoʻyilgan joyidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qoʻlga olindi.
Hozirda holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.









