баннер
13 Mar 2025
21:44

    Qariyb 100 mln soʻmlik psixotrop moddalar savdosining oldi olindi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro A.A.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjud boʻlgan 6 000 quti “Keto coffee mix” mahsulotini va 1 800 dona “Reduksin Layt“ nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 82 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Ulugʻnor tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.P. va O.J. oʻzaro til biriktirib, 126 dona “REGAPEN” nomli dori vositasini 4,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.R. 30 quti “Keto coffee mix” mahsulotini 6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech