“HET” AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularga barham berishga qaratilgan reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Yozyovon tumani hududidagi “A.A.F” Fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu holat boʻyicha isteʼmolchi tomonidan 1 mlrd 845 mln soʻmdan ortiq elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanilayotgani aniqlangan.