Shuni alohida taʼkidlash joizki, bunday uzoq masofaga harakatlanadigan poyezdlar qatnovi mamlakatimizda ilk bora yoʻlga qoʻldi. Qoʻngʻirotdan mazkur poyezdda yoʻlgan chiqqan yoʻlovchilar respublikamizning Xoʻjayli, Nukus, Uchquduq, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Namangan shaharlaridan oʻtib, Andijon shahriga, shuningdek, Andijondan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar ham ushbu shaharlar orqali oʻtib Qoʻngʻirotga yetib boradi.

Mamlakatimizning 8 ta hududini oʻzaro bogʻlaydigan bunday transport qatnovini yoʻlga qoʻyishdan koʻzlangan asosiy maqsad, eng avvalo yoʻlovchilarga, ayniqsa, Qoraqalpogʻistonda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizning vodiy viloyatlariga, xuddi shuningdek, vodiy viloyatlari hamda respublikamizning boshqa shahar va tumanlaridan Orol boʻyi hududlariga borib kelishlari uchun arzon va qulay transport xizmatlarini koʻrsatishdir.

Eng asosiysi, ushbu yoʻnalishda poyezdlar qatnovining yoʻlga qoʻyilishi, yurtimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish uchun ham juda katta imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Uchquduq, Namangan temir yoʻl vokzallarida ishchi xodimlarni doimiy ravishda ish bilan taʼminlash imkonini beradi.

Ushbu poyezdlar harakat jadvaliga koʻra shanba kunlari Qoʻngʻirotdan, yakshanba kunlari Andijondan qatnovini amalga toshiradi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yoʻlovchilarning talablariga qarab, kelgusida ushbu yoʻnalishda poyezdlar qatnovini koʻrpaytirish koʻzda tutilgan.