Qarshi davlat 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi shahar Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan otaliqqa olindi

    Ta'lim 27 Yanvar 2021 6462

    Joriy yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy okruglar qoʻmondonliklariga kamida 10 tadan maktabni otaliqqa olish vazifasi qoʻyilgandi.

    Shunga muvofiq Qarshi shahar Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan shahrimizdagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi otaliqqa olindi. Shu munosabat bilan mazkur maktabga Mudofaa vazirligining bayrogʻini tantanali topshirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

    Tadbirda harbiy orkestr jamoasi va maktab oʻquvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Harbiylar tomonidan oʻquvchilarga kitoblar sovgʻa qilindi.