Kelgusida Qarshi shahar jamoat transportida Avtomatlashtirilgan transport toʻlov tizimi joriy etish koʻzda tutilgan.

Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi taklifiga koʻra Qashqadaryoga tashrif buyurgan “Avtomatlashtirilgan transport toʻlov tizimi operatori” MCHJ vakillari bilan aynan mazkur masala muhokama qilindi.

Ushbu kompaniya yoʻl haqi uchun avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etgan boʻlib, undan bugungi kunda Toshkent shahrida avtobus va metroda keng foydalanib kelinyapti.

Kelgusida Qarshi shahar jamoat transportida ham mazkur yangilikni qoʻllash koʻzda tutilgan. Maqsad yoʻlovchilarga qulaylik yaratish, toʻlovning maqbul usullarini taklif etishdir.

Kompaniya vakillariga Qashqadaryo viloyat tashuvchi korxonalar tizimining ishlash imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi. Shu asnoda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar beradi NasafNews Qashqadaryo viloyat Transport boshqarmasi maʼlumoti asosida.