Qarshi shahrida Janubiy Koreyalik investorlar — “I-sens Inc” kompaniyasi vakillari Allen Xan va Ji Dong Park bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda shunday kelishuvga erishildi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
Viloyat rahbariyati hamda sogʻliqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida oʻtgan muloqotda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlari muhokama etildi. Voha endokrinologlarining taʼkidlashicha, mahalliy sharoitda glyukometr ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilsa, qandli diabet kasalligi profilaktikasi va mulojasida imkoniyatlar yanada kengayadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.