Buning uchun 16 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi. Qoʻshimcha ravishda Jahon banki mablagʻi hisobidan oʻquv xonalari zamonaviy tarzda jihozlandi.
Monomarkazda 32 ta yoʻnalish boʻyicha, jumladan kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni oʻrgatish oʻquv kurslari tashkil etilgan. Ushbu maskanda bir yilda 2 790 nafar kishini kasbga tayyorlash va oʻqitish imkoniyati mavjud.
Tantanali ochilish marosimidan soʻng mehmonlar monomarkazda yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishishdi.