Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ maʼlum qildi.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali hamda shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari, “Oʻzenergoinspeksiya” va huquq-tartibot organlari hamkorligida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oʻtkazildi.

Tekshiruvlar davomida shaharning “Paxtazor” kichik tumanida joylashgan “M. Sh. Q. S.” MCHJga qarashli koʻp qavatli turar-joy binosi tabiiy gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzilmasdan, loyiha hujjatlari rasmiylashtirilmasdan hamda tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 4 milliard 90 million 141 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Barcha hujjatlar belgilangan tartibda huquq-tartibot organlariga yuborildi.