“O`zshaharsozlikLITI” DUKning majlislar zalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining yig'ilishi o'tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda Qarshi tumani hokimining o'rinbosari Davron Abdurashidov.

Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar qatorida Qarshi shahri bosh rejasi (korrektura) va uning chegara chizig'i loyihasi ham ko'rib chiqildi.

Taqdim etilgan loyiha asosida Qarshi tumani hududidan Qarshi shahri hududiga quyidagi mahallalar (to'liq va qisman, xonadon va aholi soni) o'tishi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlashga tavsiya etildi:

  1. G'ubdin MFY (birinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 1 076 ta), (aholi - 5 299 nafar);
  2. Shoyxo'ja MFY (birinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 541 ta), (aholi - 2 593 nafar);
  3. Ko'chkak MFY (birinchi sektor) - qisman, (xonadon soni - 22 ta), (aholi - 75 nafar);
  4. Uzumzor MFY (birinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 1 020 ta), (aholi - 5 475 nafar);
  5. Guliston MFY (birinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 1 410 ta), (aholi - 8 050 nafar);
  6. Tinchlik MFY (birinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 940 ta), (aholi - 5 072 nafar);
  7. Batosh MFY (birinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 512 ta), (aholi - 2 395 nafar);
  8. Yangi Batosh MFY (uchinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 1 124 ta), (aholi - 3 996 nafar);
  9. Jumabozor MFY (uchinchi sektor) - qisman, (xonadon soni - 343 ta), (aholi - 917 nafar);

10. Istiqlol MFY (uchinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 610 ta), (aholi - 3 327 nafar);

11. Qoratepa MFY (uchinchi sektor) - qisman, (xonadon soni - 325 ta), (aholi - 1 523 nafar);

12. Kat MFY (to'rtinchi sektor) - qisman, (xonadon soni - 700 ta), (aholi - 4 500 nafar);

  1. Paxtazor MFY (to'rtinchi sektor) - qisman, (xonadon soni - 690 ta), (aholi - 3 820 nafar);
  2. Chaman MFY (to'rtinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 1 662 ta), (aholi - 8 795 nafar);
  3. Bog'obod QFY (to'rtinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 3 118 ta), (aholi - 14 838 nafar);
  4. Yangi Bog'obod MFY (to'rtinchi sektor) - to'liq, (xonadon soni - 1 319 ta), (aholi - 5 218 nafar);

Izoh: Qarshi shahri chegara chizig'i loyiha qarori O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tasdiqlaganidan so'ng, Qarshi tumani hududidan Qarshi shahar hududigi o'tishi ko'zda tutilgan mahallalar kesimida xonadon va aholi soniga Davlat Kadastrlar palatasi Qarshi shahar va Qarshi tumani filiallarining xatlovi asosida (yer maydoni, aholi va xonadonlar soni) to'liq aniqlik kiritiladi.