Ayni paytda aerovokzalni kengaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari qizg'in pallaga kirgan. Bunda yo'lovchilarga barcha qulayliklarni yaratishga alohida e'tibor qaratilayapti. Zamonaviy, yirik quvvatli yuk etkazish lentasi o'rnatilayapti. Qo'shimcha xizmat ko'rsatish xonalari barpo qilinmoqda.
Qurilish-pardozlash ishlari yakunlanishi bilan aerovokzalda soatiga hozirgi 200 nafar o'rniga 400 nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatish imkoni tug'iladi.
Kelgusida yangi zamonaviy elektron tarozilar, infokiosk, elektron kitob javoni va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan boshqa uskunalar hamda jihozlar o'rnatilishi ham rejalashtirilgan.