Qarshida 3 ta mashina ishtirokida YXT sodir boʻldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryo viloyat hokimligiga tegishli boʻlgan BYD va Spark bilan toʻqnashdi» sarlavhasi ostida video xabarlar tarqaldi.

    Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 04-iyul kuni tongi soat 07:53larda Qarshi shahar «Boʻston» MFY hududidan oʻtuvchi 4R-92 davlat ahamiyatdagi "Qarshi–Tallikuron-Kasbi-Jeynov-Pomuq" avtomobil yoʻlining 2км.da, haydovchi, R.А. boshqaruvida boʻlgan Spark rusumli avtomobili bilan Kasbi-Qarshi yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan haydovchi, Х.L. boshqaruvida boʻlgan "BYD SONG PLUS" rusumli avtomobilining harakat yoʻliga chiqib ketishi oqibatida qarama-qarshi yoʻnalishdan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, R.А. boshqaruvida boʻlgan "Neksiya-1" rusumli avtomashinasi bilan "Spark" rusumli avtomobiliga urilgan.

    Hodisa oqibatida Spark rusumli avtomashina haydovchisi R.А. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan birinchi yordam koʻrsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

    Hozirda, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.