Musobaqada respublikamizdagi olimpiya zaxiralari kollejlarida tarbiyalanayotgan 2004-2005 hamda 2006-yillarda tugʻilgan 140 nafar oʻgʻil bolalardan iborat yosh dzyudo ustalari ishtirok etishdi.
“Olimpiya choʻqqilari” dan joy olgan mazkur chempionat reglamentiga muvofiq, kechagi bellashuvlarda 42, 46, 50, 55 va 60 kg. vazn toifalarida gʻoliblar nomi aniqlandi. Unga koʻra 42 kg. da Hasan Boynazarov (Toshkent v.), 46 kg.da Maqsud Naimov (Jizzax), 50 kg. da Arslonbek Qoʻchqorov (Samarqand), 55 kg. da Abdulla Axadullayev (Toshkent sh), 60 kg. Asadbek Ayitbayev (Toshkent v.) lar (Olimpiya choʻqqilari) chempioniga aylanishdi. Bugun 19-mart kungi bahslarda esa 66, 73, 81, 90 hamda +90 kg. vazn toifalarida kuchlilar saralandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 66 kg.da Sherbek Rashidov (Samarqand), 73 kg.da Ollanazar Norboyev (Qoraqalpogʻiston), 81 kg. da Melis Sodiqov (Xorazm), 90 kg.da Nurlas Amirxonov (Navoiy), +90 kg. da Sherdor Rahmatov (Qashqadaryo) lar barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medallarga ega boʻlishdi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom va medallar topshirildi.
Shuni alohida taʼkidlash joiz, musobaqaga tashrif buyurgan hakamlar, murabbiylar va sportchilar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga va ushbu boshqarma tasarrufidagi Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji, Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar- oʻsmirlar gimnastika sport maktabi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi viloyat vakilligiga, viloyat dzyudo federatsiyasiga chempionatning yuqori saviyada oʻtishida barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun oʻz minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
Ilhom RAHMONOV