Marshrut Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy qismiga tutash hududdan boshlanadi. Avtobuslar Taxtapul va Aralovul mahallaridan o'tadi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, “Yashil bozor” savdo majmuasi, Motamsaro ona haykali kabi ob'ektlar bo'ylab harakatlanadi. “Baraka” savdo majmuasi (eski Agora) yo'nalish oxirgi nuqtasi etib belgilangan.
Viloyat markazida 15 ta avtobus yo'nalishi xaritasi ishlab chiqilgan. Hozirda ushbu yo'nalishlarda avtobus harakati qisman yo'lga qo'yilgan.