Shu kuni MIB tuman boʻlimi davlat ijrochisi A.Abdusamatov tomonidan ijro ishi qoʻzgʻatilib, tomonlarga yuborilgan.
Shuningdek, qarzdorga nisbatan ijro hujjatida koʻrsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 15 kunlik muddat berilgan.Lekin qarzdor jamiyat qonun talablari asosida belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni bartaraf etmagan.
Shundan soʻng,ijro hujjati yuzasidan boʻlim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan 68 mln 297 ming 554 soʻm soliq qarzdorligi tuman DSIga undirilib berilgan va ijro ishi tamomlangan.