Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman boʻlimi ish yurituviga Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudining 03.01.2020-yil kungi 4-1001-1912/26245-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “STONE DELIVER SERVIS” MCHJdan undiruvchi “ZIRAAT BANK UZBEKISTAN” AJ foydasiga 220.149.280 soʻm qarz undirish haqidagi ijro hujjati 10.01.2020-yil kuni kelib tushgan boʻlib, shu kunning oʻzida boʻlim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvini qoʻzgʻatish yuzasidan qaror qabul qilingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “STONE DELIVER SERVIS” MCHJ ning garovdagi avtotransport vositalariga qidiruv eʼlon qilinib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli boʻlgan va garovdagi “LASETTI” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, onlayn auksion savdosi orqali sotuvga qoʻyilgan. 

Joriy yilning 13-avgust kuni auksion orqali avtotransport vositasining sotuvidan tushgan 81.555.037 soʻm pul mablagʻlari undiruvchi bank hisob raqamiga oʻtkazib berilib, ijro hujjati ijrosi qisman taʼminlanishiga erishildi.

Hozirda qarzdorning qolgan avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan boʻlib, majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.