Bugun viloyat hokimligida “E-qaror” yagona elektron tizimi boʻyicha Adliya vazirligi ishchi guruhi ishtirokida shu masalaga doir seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimligida qarorlarni joriy yil 1-martdan boshlab “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha tushuntirishlar olib borildi.
Qulayliklari: hokimliklarning qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, manfaatdor idoralar tomonidan loyihalarga elektron koʻrinishda viza qoʻyish, qarorlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda kelishish boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilish.