Tadbirda ishtirok etayotgan Zoyir Mirzayev “temir daftar”ga tushgan, shuningdek, viloyat hokimiga onlayn murojaat qilgan 17 nafar bemorning klapanprotezlash, okklyuder implantatsiyasi, koronarografiya stentlash, aortakoronar shuntlash singari murakkab operatsiyalarini amalga oshirish uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan tibbiyot markaziga 495 million 500 ming soʻm taqdim qildi.
— Juda xursandman, — deydi 53 yoshli kosonlik Shoira Moʻminova. — Moddiy tomonlama qiyinchilik sabab surunkali yurak revmatik kasalligidan ancha yillardan azob chekib kelmoqda edim. Hokimlik operatsiya uchun 35 million soʻm ajratdi. Bu kabi saxovat tadbiri ulugʻ Ramazon oyida oila aʼzolarim uchun ham quvonchli voqea boʻldi.