Filialga Qarshi shahar hokimligining xoʻjalik yuritish subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasi taqdim etildi.
— Endi muassasamizda tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, tibbiyot xodimlari salohiyati va malakasini yuksaltirish borasida yangi imkoniyatlar yaratiladi, — deydi filial direktori Ibrohim Ochilov. — Bu xayrli oʻzgarishlar Prezidentimizning hududlarda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari filiallari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishga qaratayotgan alohida eʼtiborining mahsulidir.