Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi

    Britaniya delegatsiyasi Oʻzbekistonning vazirlik va idoralarida hamda Toshkent, Qarshi va Termiz shaharlarida V2V formatida bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi.

    Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmanov Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiyalar va eksport masalalari boʻyicha yangi tayinlangan maslahatchisi – Britaniyaning “Room Seven Capital Partners” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Peter Margetts bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Suhbat davomida Qashqadaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni va kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

    Muzokaralar yakunida joriy yil 4-noyabr kuni Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining Oʻzbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Tashrif davomida Britaniya delegatsiyasi Oʻzbekistonning vazirlik va idoralarida hamda Toshkent, Qarshi va Termiz shaharlarida V2V formatida bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi.