Baxriyeva Sitora - Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi. Bungacha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Kasbi tumani Kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Tojiboyev Sanjarbek - Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi. Bungacha Toshkent shahridagi “Asl bino-taʻmir” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Shaymanov Adhamjon - Qashqadaryo viloyati hokimi birinchi oʻrinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi. Bungacha viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish Bosh boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.