Qashqadaryo viloyatida arxeologiya meros obyektlariga yirik miqdorda zarar yetkazilgani aniqlandi

    Madaniyat 29 Oktabr 2022 1023

    Viloyat boʻyicha jami 12 ta arxeologiya merosi obyektlari buzilishi yoki yoʻq qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 5, 830 155 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Madaniy meros agentligi tashabbusiga koʻra Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati hududida 3-18-oktyabr kunlari madaniy meros obyektlari holatini oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganish uchun 4 ta ishchi guruh tuzildi.

    Oʻrganishda bir qator qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.

    Unga koʻra, Qarshi tumanidagi 3 ta arxeologiya obyektlari buzilish yoki yoʻq qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 1,488 mlrd soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.

    Xususan, Qarshi tuman “Yangi hayot” MFY, V-VIII asrlarga oid “Doʻngtepa” arxeologiya merosi obyektining 9,5 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 228 mln soʻm; “Qovchin” MFY, V-VIII asrlarga oid «Nomsiztepa (0,83 ga)” arxeologiya merosi obyektining 40 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 960 mln soʻm; “Qovchin” MFY, I-XII asrlarga oid “Avliyotepa” arxeologiya merosi obyektining 12.5 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 300 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Shuningdek, Gʻuzor tumanidagi 3 ta arxeologiya obyektlari buzilish yoki yoʻq qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 1, 329 mlrd Soʻm zarar keltirilgan.

    Masalan, Gʻuzor tuman “Mehnatobod” MFY, IX-XII asrlarga oid “Mergantepa” arxeologiya merosi obyektining 32,4 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 729 mln soʻm; “Gulshan” MFY, V-VIII asrlarga oid «Nomsiztepa (Raimbobotepa)” arxeologiya merosi obyektining 25 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 600 mln soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

    Shu bilan birgalikda:

    Yakkabogʻ tumanidagi “Chinobod” MFY, VIII asrga oid «Sinnontepa (1)” arxeologiya merosi obyektining 0,15 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 3,1 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Koson tumanidagi “Narti chuqur” MFY, I-III asrlarga oid “Koson qalʼa” arxeologiya merosi obyektining 16,72 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 401, 280 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Kitob tumanidagi “Makrid” MFY, XV asrga oid “Kattakullitepa” arxeologiya merosi obyektining 62 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 1,488 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Shahrisabz tumanidagi “Oʻrtaqoʻrgʻon” MFY, XI-XIII asrlarga oid “Qoʻrgʻontepa” arxeologiya merosi obyektining 4,5 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 101,250 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Shahrisaz shahridagi 2 ta arxeologiya obyektlari buzilish yoki yoʻq qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 1,019475 mlrd soʻm, masalan, “Yangiqishloq” MFY, XI-XIII asrlarga oid “Yangiqishloqtepa” arxeologiya merosi obyektining 13,31 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 299,475 mln soʻm; XI-XIII asrlarga oid “Xontepa” arxeologiya merosi obyektining 30 m3 qismi buzilib, davlat manfaatlariga 720 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Shuningdek, 2532 (ikki ming besh yuz oʻttiz ikki) dona arxeologik ashyolar Yakkabogʻ tumanidagi Xoʻja Valiy Ansoriy masjidida saqlanib kelinayotganligi aniqlandi.

    Viloyat boʻyicha jami 12 ta arxeologiya merosi obyektlari buzilishi yoki yoʻq qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 5, 830 155 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.