Qashqadaryo viloyatida bu yil 143 ta koʻp qavatli uy-joylar foydalanishga topshiriladi

    Hukumat 22 Aprel 2022 2318

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining ogʻriqli muammosi boʻlgan uy-joy qurish boʻyicha rejalar haqida ham aytib oʻtdi.

    Jumladan, joriy yilda jami 5 ming 36 kvartirali 143 ta koʻp qavatli uy-joylar foydalanishga topshiriladi.

    Koson tumanining “Doʻstlik”, Yakkabogʻ tumanining «Aygʻirkoʻl» mahallalarida va Koʻkdala tumanining Yettitom shaharchasida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etishni boshladik. Bunda, shu yilning oʻzida 1 ming 316 kvartirali 65 ta koʻp qavatli uylar, 3 ta bogʻcha, 3 ta maktab, 1 ta tibbiyot muassasasi va koʻplab zamonaviy xizmat koʻrsatish obyektlari quriladi.

    Bundan tashqari, «Oʻzbekneftgaz» tomonidan yangi tashkil etilgan “GTL" zavodi ishchilarini uy-joy bilan taʼminlash uchun Gʻuzor tumanida ham “Yangi Oʻzbekiston” massivi barpo etiladi va joriy yilda 200 xonadonli 10 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshiriladi.

    Joriy yilda viloyat aholisiga 730 milliard soʻmlik imtiyozli ipoteka kreditlari hamda 1 ming 795 ta ehtiyojmand oilaga 72 milliard soʻm subsidiya ajratilishi maʼlum qilindi.

    Shuningdek, bu yil 30 ta qishloq va mahallalar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bilan qamrab olinib, bunga 460 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.