Mazkur sport majmuasining ochilish tadbirida viloyat hokimligi rahbariyati, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi jamoasi, nuroniy va sportchilar ishtirok ishtirok etishdi.
6 mlrd 150 mln soʻm mablagʻ evaziga Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi tasarrufidagi qurilish-taʼmirlash MCHJ tomonidan yangidan barpo etilgan mazkur sport majmuasida yoshlarning doimiy ravishda sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, bir kunda 350 nafardan ortiq yoshlarga mashgʻulotlar oʻtish mumkin.