Nasafnews.uz  surati

Bugun, 6-yanvar soat 08:10larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Otchopar” MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda binoning devorlari qulagan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron boʻlgan uy ichidan olib chiqilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilyapti, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.