Viloyatning barcha tuman va shaharlarida ertadan, ya'ni 19-dekabrdan 26-dekabrgacha yoshlar festivali bo'lib o'tadi. Bu haqda viloyat hokimining o'rinbosari Rustam Yo'ldoshev festivalga bag'ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Viloyat axborot xizmati xabarida yozilishicha, yoshlar festivalining yuqori saviyada va ko'plab yoshlarning ushbu festivalga qamrab olinishini ta'minlashda viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi viloyat tashkilotlari mas'ul bo'lishadi.

“Poytaxtda bo'lib o'tgan “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostidagi festival kabi viloyatimizda ham to'qqiz kun davomida  mahorat darslari, badiiy ko'rgazmalar, ta'lim va sport tadbirlari, kontsertlar, muvaffaqqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, poytaxtning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, ajoyib sovg'alari bor viktorina va tanlovlar hamda fleshmoblar tashkil etiladi” — dedi viloyat hokimi o'rinbosari.