Bu haqda viloyat hokimining axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 8 oyi davomida hokimlik tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni koʻrib chiqishda rahbar va masʼul xodimlar tomonidan kamchilik va qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, viloyatning tuman va shahar hokimliklarning 32 nafar masʼul xodimga “hayfsan” berildi. Ularning ichida 2 nafar tuman hokimlari ham bor.

Tahlilarga koʻra, yanvar oyidan buyon hokimlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 145 ta, Virtual qabulxona orqali 731 ta, sayyor qabul va uchrashuvlarda esa 6798 (2019-yilda 5776) ta murojaatlar kelib tushgan.