Qashqadaryoda 753 tup tojik kavragi kesib tashlandi

    Qashqadaryo viloyatida Oʼzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 753 tup tojik kavragi oʼsimligi kesib tashlandi. Holat natijasida oʼsimlik dunyosiga jami 372 million 735 ming soʼm zarar yetkazilgan.

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tuman Ekologiya boʼlimi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri oʼtkazildi. Reyd davomida "Sebatli" massivi hududida tadbirkorlik subyekti tomonidan 753 tup tojik kavragi oʼsimligiga zarar yetkazilgani, ildiz qismlari kavlanib, kesilgani aniqlandi.

    Maʼlumot oʼrnida: tojik kavragi Oʼzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

    Shuningdek, xabarda hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar toʼplanib, prokuraturaga yuborilgani taʼkidlangan.