Qashqadaryoda 95 tonna bugʻdoyni talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi

    Mazkur holatlar yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, «Dunyo-M» AJ agronomi X.Z. va sex boshligʻi M.R. oʻzaro til biriktirib, fuqaro Yu.A.ga har bir kilogramm bugʻdoyni 2,9 ming soʻmdan hisoblab, jami 95 ming kg.ni 275,6 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi.

    Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, noqonuniy ravishda sotilgan 95 ming kg bugʻdoyning 65,9 ming kg.ni goʻyoki, jamiyatga qarashli «Shayxali» qoʻrgʻonchasidagi elevatorga topshirilgani haqida soxta yozuvlar kiritish orqali jinoyatni yashirishga urinishgani aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.