Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan bayonot berdi.

Kitob tumani, “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro R.D tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi “Karavan” nomli oshxonada oʻtirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh fuqaro R.D va uning tanishlari oʻtirgan oshxona stoliga kelib oʻtirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun moʻljallangan shisha idishni otgan.

Oqibatda shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.ning yuz hamda boʻyin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.