Xususan, Muborak tumanida kuchli shamol ortidan, chang to‘zoni ko‘tarilib, ko‘rinuvchanlik 200-300 metrgacha cheklanganini ko‘rish mumkin.
Bundan oldin respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 19 iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qilgandi. Unga ko‘ra, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.