Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida chiqindi tashuvchi mashinada yongʻin chiqqani haqida videolavhalar tarqaldi. Qashqadaryo FVB bu haqda maʼlumot berdi
Qayd etilishicha, 18-iyul kuni soat 13:26 larda Muborak tumani FVB ga “Sariq” MFY hududidan oʻtgan A-380 avtomobil yoʻlining 118 kilometrida harakatlanib ketayotgan mashina yonayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, yongʻinga 1 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi jalb qilingan va voqea joyiga soat taxminan 13:30 larda yetib borib, yongʻin soat 13:40 larda toʻliq oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida Muborak tuman “Chimyon Ekspres” MCHJ ga tegishli “ISUZU” rusumli chiqindi tashishga moʻljallangan avtomobilining salon va shinalari yonib zararlangan.
Yongʻin sababi elektr simlarini qisqa tutashuv natijasida ekani taxmin qilinmoqda. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.