Bugun, 12-aprel kuni soat taxminan 11:40 lar atrofida Shahrisabz shahar “Ipak yoʻli” va “Bahodir Taragʻay” koʻchalari chorrahasida “Kaptiva” va “Damas” rusumli avtomobillar toʻqnashib ketishi oqibatida “Kaptiva”da yongʻin chiqqan. Avtoulovning old qismi zarar koʻrdi.
Toʻqnashuv va yongʻin sabab hech kim tan jarohati olmadi.
Maʼlum boʻlishicha, yongʻin boʻyicha xabar soat taxminan 11:47 lar atrofida Shahrisabz shahar FVBga kelib tushgan, 1 ta qutqaruv boʻlinmasi soat 11:50 larda voqea joyiga yetib borib, yongʻinni 11:57 da toʻliq bartaraf etgan.
Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv jarayoni boshlangan.